Follow

Men haqimda

[ 2015 ] yozildi

Albatta o'zim haqimda yozmasam hayron bo'lsangiz kerak . Men Malik Kurbanov :) bo'ldi !

Ko'rib turganingizdek men juda sho'x qiziquvchan , izlanuvchan odamman. Juda ko'p soxalarga qiziqaman va o'rganganman . Reja bo'yicha ishlashni yoqtiraman va rejalarimda xali ishlar juda ko'p.

Bilasizmi men egallagan bilimlarimni xali Oliy o'quv yurtlarida xam o'rgatishmaydi chunki bunaqa yo'nalishdagi O'quv yurtini o'zi yo'q shu sababli men sizga aniq bir Xujjat yoki manzil ko'rsata olmayman : Mana men manabu Oliy o'quv yurtini bitirganman deyolmayman. Shu sababli ortiqcha bu haqida gapirishni xohlamayman , bir narsani aytishim mumkin men sizga siz qiziqqan soxada ma'lumot bera olaman hattoki ortig'iga xam ! Ustozlarim Juda ko'p va ular O'zbek emas. Ba'zi rejadagi ishlarni qilishga faqat bilimni o'zi kamlik qiladi shu sababli ularni asta-asta orqaga qoldirib kelayapman , BEST-MASTER.uz esa mening eng sevimli ishlarimdan biri boshida ( 2011 -yil ) bu saytni  juda boshqacha qilib tuzganman hozirgacha sayt 6-7 marta o'z joyini va ma'lumotlarini almashtirdi.

[ 2016 ] yozildi

Amerikada ANB FCB NSA butun dunyo bo'yicha barcha kompyuterlarga kirish va ma'lumot to'plash huquqiga ega bo'ldi -

aynan menga bu yoqmadi chunki aytaylik menda ulardan yashiradigan biror maxfiy hujjat yoki ma'lumot bo'lmasada meni shaxsiy ishlarimni va narsalarimni kavlashlarini aslo xohlamayman ! eplashsa , marhamat ! ammo men xam oddiy user emasman :) men o'zimni qanday ximoyalashni juda yaxshi bilaman - ammo albatta bu 100% ximoya degani emas chunki 100% ximoyani o'zi mavjud emas , xattoki ularni o'zi [ ANB NSA ] ni xam buzish mumkin va bu borada anchagina misollar keltirish mumkin. Xullas meni fikrimcha endi internetdan extiyot bo'lib yoki ximoya ostida [anonim] ishlashga to'g'ri keladi .

[ 2017 ] yozildi

Assalomu aleykum , Barchangizni yangi 2017-yil bilan tabriklayman , yangi yilda barchaga omad va  yangi marralarga ko'tarilishlarini tilayman . Mendan yangi yilga qanday kurslar kutayapsiz ? iltimos o'zingizni qiziqishlaringiz xaqida menga xabar jo'nating, men foydalanuvchilar fikriga va talabiga qarab ishlayman !

 

 

 

 

Davomi bor .... )